Global media savodxonlik haftaligi
YUNESKO tomonidan “Axborot savodxonligi. Ishonch sari yo‘l” mavzusida global media savodxonlik haftaligi o‘tkazilmoqda.
Bunday tadbirlar orqali tashkilot a’zo davlatlarga sohada milliy siyosat va strategiyani shakllantirishda yordam berish yo‘li bilan siyosatchilar, o‘qituvchilar, axborot sohasidagi mutaxassislar salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi.
Ma’lumot o‘rnida: media va axborot savodxonligi kishilarga axborot va kontentning boshqa shakllarini taqdim etish, axborot yoki boshqa turli xil kontentga ega bo‘lishni osonlashtiradigan muassasalar bilan tanqidiy va samarali ishlash, shuningdek, raqamli texnologiyadan ziyraklik bilan foydalanish vakolatini o‘z ichiga oladi.
Haftalik doirasida “media va axborot savodxonligi, madaniyatlararo muloqot” mavzusida xalqaro konferensiya, shuningdek, “Yoshlar kun tartibi” forumi ham bo‘lib o‘tadi.
G. Abdullayeva, O‘zA