Gleyzerlar «Mançester Yunayted»ni sotiş masalasini körib çiqişga tayyor
Klub egalari faqat juda yuqori narx taklif etilgan taqdirdagina muzokaraga kirişadi.
Gleyzerlar oilasi 2005-yilda «Mançester Yunayted» ustidan töliq nazoratni qölga kiritganidan beri ilk bor klubni sotiş imkoniyatini jiddiy körib çiqişga tayyor. DerbyDerbyDerby xabariga köra, klub egalari faqat juda yuqori narx taklif etilgan taqdirdagina muzokaraga kirişadi.
Ekspert Stefan Borsonning fikriça, ehtimoliy bitimga oşkoralik berilmayotgani 2022-yilda boşlangan jarayon tajribasi bilan boğliq bölişi mumkin. Öşanda klubning töliq sotilişi kutilgan edi, biroq yakunda ser Jim Retkliff aksiyalarning ozçilik ulushini sotib oldi.