Toshkentda Yaqin va O‘rta Sharqda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘z ishini boshladi.

Giyohvandlikka qarshi kurashishda sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, narkotik moddalar muammosi butun insoniyat salomatligi, xavfsizligi va farovonligiga tahdid solishda davom etib kelmoqda.
Shu bois Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi muammosini hal qilish uchun hamkorlik va muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahrida Quyi komissiyaning 54-sessiyasi tashkil etildi.

Qayd etib o‘tish kerakki, mazkur komissiya BMT Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyaning 6 (XXV) rezolyusiyasi va EKOSOS kengashining 1776 (LIV) rezolyusiyasiga muvofiq 1973 yilda tashkil etilgan.

O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan sessiyada Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Germaniya, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Quvayt, Qirg‘iziston, Livan, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaman kabi davlatlardan vakillar hamda xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov narkotahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. O‘zbekiston giyohvandlikdek global muammoga qarshi kurashishda muhim xalqaro hujjatlarni qabul qilgan va ularning bajarilishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirmoqda. Sir emas, bu illatga ko‘proq yoshlar giriftor bo‘lmoqda. O‘zbekistonda esa aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

Bugungi yirik forum bu borada yangi bosqichni boshlaydi. Yig‘ilishda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Ijrochi direktori Yuriy Fedotovning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Qayd etilganidek, ijrochi direktor yirik anjumanning Toshkentda tashkil etilgani uchun imkoniyat yaratgan O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan.

Ushbu sessiya mamlakatlarga mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirishni, ayniqsa Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarishning rekord darajalari va bu bilan bog‘liq muammolarni hisobga olgan holda tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

Quyi komissiya yig‘ilishining ishtirokchilari giyohvand moddalar muammosi bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy va xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor.

Besh kun davom etadigan Quyi komissiyaga a’zo davlatlar O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu tadbirning asosiy tashkilotchisi etib belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bilan birgalikda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda mintaqaviy va quyi mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holatini va bu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni muhokama qiladilar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlikka qarshi kurashuvchi kuchlarni birlashtirgan yirik xalqaro anjuman boshlandi
Жамият
11:16 / 23:09:2019