Har yili 26 iyun kuni Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni nishonlanadi.  BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1987 yilda e’lon qilingan ushbu sana jahon hamjamiyatiga zamonamizning eng katta tahdidlaridan biriga qarshi birga faol kurashish zarurligi haqida eslatib turadi.

Giyohvandlik inson hayotini barbod qiladi, millat salomatligiga zarar yetkazib, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, bu illat oilalarni buzib, davlat institutlarini zaiflashtiradi. Chegara bilmas bu muammoni bartaraf etish global va mintaqaviy hamkorlikni talab etadi. 

O‘zbekiston giyohvandlikka qarshi samarali kurashish barobarida mazkur yo‘nalishda qator muhim xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarni ham iilgari surmoqda. Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish masalasiga faqat huquqni himoya qilish idoralarining vazifasi emas, balki sog‘lom, adolatli va xavfsiz jamiyat barpo etish bo‘yicha umumiy strategiyaning bir qismi sifatida qaraladi. 

Buning zamirida davlatimiz rahbarining qat’iy siyosiy irodasi va strategik sa’y-harakatlari yotadi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  Farmoni bu borada muhim qadam bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya narkovaziyat va mamlakatimizning xalqaro majburiyatlarini chuqur tahlil qilish natijasi bo‘ldi. Mazkur Strategiyada yoshlarda immunitetni shakllantirish, transchegaraviy giyohvand vositalari savdosiga chek qo‘yish, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya, xalqaro hamkorlik kabi giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan preventiv va jazo choralari o‘z aksini topgan.  

BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ham aynan O‘zbekiston ilgari surgan.  Markaziy va Janubiy Osiyo  mamlakatlari uchun giyohvandlikka qarshi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish zarurligiga asosiy e’tibor qaratilgan ushbu hujjat mamlakatimizning mazkur yo‘nalishdagi global jarayonlarning mas’ul va faol ishtirokchisi sifatidagi  nufuzini mustahkamladi. 

Giyohvandlikka qarshi kurashish milliy strategiyasi keng qamrovli choralarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu — jirkanch illatga qarshi immunitetni mustahkamlash yoshlar, maktab o‘quvchilari, talabalar va ota-onalar o‘rtasida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va sportni  rivojlantirishni o‘z ichiga  oladi. 

Chegaralarda nazoratni kuchaytirish doirasida o‘tkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini tizimli ravishda takomillashtirish, zamonaviy tekshiruv usullarini joriy etish, shu jumladan, uchuvchisiz boshqariladigan maxsus texnik vositalardan foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Narkotikka qaramlikni erta aniqlash va diagnostika qilish giyohvandlikning yashirin holatlarini aniqlash hamda o‘z vaqtida tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatishning yangi usullari va dasturlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 

Internet tarmog‘ida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Sintetik moddalarning messendjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali  tobora keng tarqalayotganini inobatga olib, raqamli  xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda va maxsus monitoring guruhlari tashkil etilmoqda. 

Giyohvandlik vositalarining, ayniqsa, virtual valyutalar yordamida noqonuniy savdosi bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni kuzatish tizimi ham ishlab chiqilmoqda. 

Shuningdek, giyohvandlikka chalingan insonlarni ijtimoiy va mehnatga moslashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilib, ularni kamsitmaslik tamoyili qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston xalqaro maydonda ham giyohvandlikka qarshi kurashish masalasini faol ilgari surmoqda. BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida davlatimiz rahbari giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma mintaqaviy rejaning konsepsiyasini taqdim etdi. Mazkur tashabbus  keng ishtirokchilar tomonidan ko‘llab-quvvatlanib, O‘zbekiston giyohvandlikka qarshi kurashish diplomatiyasi bo‘yicha  xalqaro miqyosda yetakchi deb e’tirof etildi. 

Bugungi kunda BMT, SHHT, YeXHT, Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. MDH mamlakatlari, shuningdek Germaniya, Italiya, Turkiya, Hindiston kabi davlatlarning vakolatli organlari bilan ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab qo‘shma treninglar, inspeksiyalar va ilmiy anjumanlar  o‘tkazildi. 

O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi tarmog‘iga yoshlarning kirib qolishi  alohida xavotir uyg‘otadi. Internet tarmog‘ida olib borilayotgan targ‘ibot sintetik moddalarni “xavfsiz” deb ko‘rsatayotgani, ayniqsa xatarlidir. Mamlakatimiz davlat organlari maktablar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida ma’rifiy-axloqiy dasturlar amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Toshkent, Samarqand, Andijon viloyatlarida giyohvandlikka qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilayotgani misolida profilaktika samarali berayotganini ko‘rish mumkin.  

Shu bilan birga, ota-onalar, o‘qituvchilar, yoshlar yetakchilari bilan  ham ishlar olib borilmoqda. Xulq-atvorning ijobiy modellari targ‘ib qilinib, ijodiy va sportga doir tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda. Umuman olganda, yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun ularga imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yoshlar siyosati  muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Jamoatchilikning ishtirokisiz giyohvandlikka qarshi kurashish samara bermasligini anglashimiz kerak. Shunday ekan, har bir kishi umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. O‘zbekistonda nodavlat  tashkilotlar, ko‘ngillilar birlashmalari, din arboblari, blogerlar va jurnalistlarning mazkur jarayondagi ishtiroki tobora kengaymoqda.

Giyohvandlik vositalari savdosini fosh etish, bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va muvaffaqiyatli reabilitatsiya keyslarini yoritishda OAV muhim rol o‘ynaydi. Hujjatli filmlar  tasvirga olinib,  ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot kampaniyalari olib borilmoqda. Bu yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka  qarshi ichki to‘siq yaratib, haqiqiy xavf va oqibatlarni anglashga yordam bermoqda. 

Eng muhimi, O‘zbekiston giyohvandlik vositalaridan holi jamiyat barpo etish yo‘lida dadil odimlamoqda. Bu kurash  izchillik, yangi bilimlar, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik, shuningdek, yetuk fuqarolik va jamiyatning barcha qatlamlari keng jalb qilinishini talab etadi. Ota-onalar, pedagoglar, jurnalistlar, shifokorlar, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari va turli sohalari vakillari birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib ishlamoqda. Giyohvandlikka qarshi kurashish davlat va jamiyatning hayot tarzi va falsafasining bir qismiga aylangandagina bu yo‘lda g‘alabaga erishish mumkin. 

26 iyun — bu oddiy sana emas, balki harakat, mas’uliyat va hamjihatlikka chaqiriqdir. Men Qonunchilik palatasi deputati sifatida bundan keyin ham O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi izchil va samarali siyosatni  ta’minlaydigan  qonun loyihalarini  ishlab chiqish va  ilgari surishga  o‘z hissamni qo‘shishda davom etaman.

N.Rashidova

 «Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlikka qarshi kurashish millat kelajagi uchun kurashish demakdir