Giyohvandlik vositasi bilan harakatlangan shaxs qo‘lga olindi
DXX Chegara qo‘shinlari tezkor bo‘linmasi, viloyat IIBB va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari hamkorligida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Xususan, Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shaharchasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro F.B.ning boshqaruvida bo‘lgan “Onix” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi. Transportning salon qismida qora rangli paketga solingan, taxminan og‘irligi 500 grammdan ortiq bo‘lgan giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi va xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan sud ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu modda “gashish” giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha F.B ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ta’kidlash lozimki, giyohvandlik moddalari bilan qonunga xilof muomala qilish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

A. Musayev, O‘zA.