Giyohvandlik moddasi sotilishining oldi olindi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda IIB JQB UJQKB xodimlari tomonidan “X” ismli fuqaroning arizasiga asosan “Nazorat ostida olish” tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
Unda Nurota tumani “Istiqbol” MFYda yashovchi M.D. Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi, 130-uyning oldida tezkor tadbirga “shartli xaridor” sifatida jalb qilingan fuqaroga 1 million so‘m mablag‘ evaziga yashil rangdagi o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Ikki dona “Spichka” yozuvli gugurt qutilarga joylangan mazkur modda elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda og‘irligi 11 grammni tashkil qilgan.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushlangan M.D.ning ustidagi qora rangli kurtkasi chap cho‘ntagidan “Parlament” nomli sigaret qutisi ichiga solingan bir dona ming so‘mlik pulga va ikki dona sigaret papirosiga joylangan jami og‘irligi 11 gramm, ustidagi ko‘k jinsi shimning orqa chap cho‘ntagidan ikki dona qog‘oz bo‘laklariga solingan og‘irligi 4 gramm hamda ijaradagi yashash uyi - Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi,130-uyning 32-xonasida turgan sumkasidan “Spichka” yozuvli gugurt qutiga joylangan 4 gramm og‘irlikdagi yashil rangdagi o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA.