«Bir ozdan soʻng chuqur uyquga ketasiz» — bu mashhur gap koʻpchilikka gipnoz haqida eslatishi aniq. Gollivud filmlari, sehr-jodu namoyishlari va psixik davolash usullari orqali tanilgandan buyon gipnoz koʻplab ilmiy tekshirishlar natijasida ishonarli davolash usuli sifatida tasdiqlanganiga juda koʻp boʻlgan.

Gipnoz aslida biz bilganchalik bir illyuziya emas. Aslida gipnozning meditatsiya bilan aloqasi juda katta. Ikkala holatda ham inson tanasi boʻshashgan va rohatlangan holga keladi. Faqat gipnoz holati meditatsiyadan koʻra kuchliroq taʼsir koʻrsatgani holda baʼzi hollarda insonlarga hushini yoʻqotish hisini berishi mumkin va gipnoz aynan qaysidir maqsad bilangina amalga oshiriladi. Meditatsiyani esa har qanday inson oʻzi tomonidan amalga oshirishi mumkin. Trans holatiga kirgan inson gipnologning ovozidan boshqa maʼlumotlarni qabul qilishi sustlashadi.

1800-yildan boshlab Gipnozdan anastezik usullardan biri sifatida foydalanish boshlangan. Urushda qatnashgan askarlarning qaysidir tana aʼzolarini kesish jarayonlarida, spirtli ichimliklar bilan birga gipnoz ham keng qoʻllanilgan. Trans holatiga tushirilgan ogʻir hastani oyoq yoki qoʻlini boshqa anastezik moddasiz trans holatiga tushirilgan holda kesilgan.

Birgina misol, Jeymes Esdaile ismli jarroh Hindistonda 3000 dan koʻp insonni faqat gipnoz orqali trans holatiga keltirib jarrohlik amaliyotlarini olib borgan.

Hozirgi kunda ham gʻarb amaliyotida anastezik moddalarni qoʻllab boʻlmas holatlarda va yengil amaliyotlarda gipnozdan keng foydalanilmoqda.

2012-yilda Amerika olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga koʻra baʼzi insonlar trans holatiga juda oson tushsalar baʼzi insonlarda gipnoz ish bermas ekan. Olimlar bu holatga aniq bir sabab topa olmagan boʻlsalarda buni insonlardagi oʻng va chap miya yarimsharlari faoliyati bilan bogʻlashgan. Lekin psixiatrlarning taʼkidlashicha gipnozga kira oladigan va gipnozga kira olmaydigan insonlar oʻrtasida aniq bir farq yoʻq. Bu insonning ayni damdagi psixologik holati bilan bogʻliq xolos. Yaʼni har qanday insonni aniq bir psixologik holatda trans holatiga keltirish mumkinligi aytilgan.

Ayni kunda gipnozning 10 lab yoʻnalishlari mavjud boʻlib har biri orqali insonlarning 100 lab tibbiy va psixologik hastaliklariga yechim topilmoqda. Tibbiyotda gipnoterapiya orqali yoʻqotilgan xotirani tiklashda, chuqur depressiya, fobiyalar, gʻazab, oʻziga boʻlgan ishonchsizlik kabi holatlarda keng qoʻllanilmoqda.

Koʻpchilik loʻlilar gipnozi haqida eshitgan boʻlsa kerak. U deyarli hammaga taʼsir qiladi, shu boisdan ham nihoyatda xatarli. Loʻlilar gipnozi neyrolingvistik dasturlashga oʻxshaydi. Uning hech qanday sirli jihati yoʻq, yaʼni sehrli va jumboqli emas. Loʻlilar odamlarga psixologiya orqali taʼsir oʻtkazishadi. Natijada gipnozchi odamning diqqat-eʼtiborini jalb etib, uning boshqaruvini qoʻlga oladi. Loʻlilar trans fenomenidan yaxshi xabardor, shu bois ular olisdan ham «oʻlja»sini topishi, uni es-hushidan ayirib, transga tushirishi mumkin. Ular odamning kayfiyatsiz ekanini payqab, battar tushkun holatga tushirishadi. Taʼkidlash joizki, Loʻlilar duch kelgan odamga yaqinlashmaydi. Tajriba va ichki sezish qobiliyati tufayli ular odamlar orasidan gipnozga moyilligi borlarni ajrata olishadi.

Odatda ular bozor va doʻkonlar, vokzal, metro yoki savdo markazlari maydonlarida izgʻib yurishadi. Buning ham maʼnisi bor: bunday joylarga odamlar pul bilan kelishi aniq, yana ular koʻpchilik orasida diqqatini jamlashga qiynaladi. Ayniqsa, Loʻlilar gipnozni bozor aylanishni yoqtiruvchi ayollarga qaratishadi. Negaki psixologik disbalans holatidagi odamni jalb qilish yanada oson.

Tadqiqotlarga koʻra, ayollarda erkaklarga nisbatan depressiya holati koʻp kuzatilar ekan, har 4 ayoldan 1 nafarida tushkunlik holati mavjud. Shunday ekan tushkun kayfiyatda yoki maqsadsiz bozor aylanmang. Qarshingizda turli yolgʻon bashoratlar bilan paydo boʻlgan Loʻlining gaplariga eʼtibor bermang. Qanday maʼlumot eshitishingizdan qatʼiy nazar eʼtiboringizni asosiy maqsadga qaratib yoʻlingizda davom eting. Faqatgina eʼtiborsizlik orqali oʻzingizni, ham sogʻligʻingiz ham naqdingizni ehtiyot qilishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting. Oʻzingiz va yaqinlaringizni eʼtiborsiz qoldirmang.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TbPCRKEMbhU" title="Gipnoz nimasi bilan xavfli?.." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gipnoz nimasi bilan xavfli?.. (+video)