Gimnastikachimiz xalqaro turnir sovrindori
Gruziyaning Batumi shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Latviya, Litva, Rossiya, Belarus, Ukraina va Armanistondan 40 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Gruziyaning Batumi shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Latviya, Litva, Rossiya, Belarus, Ukraina va Armanistondan 40 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.Musobaqaning tayanib sakrash bahsida 13,22 ball to‘plagan hamyurtimiz Veronika Orlova bronza medalni qo‘lga kiritdi. Turnir hamyurtimiz uchun joriy yilning 16-28-avgust kunlari Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qildi.