G‘ijduvonda yangi maktab foydalanishga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Tumanda 300 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi barpo etilib, zamonaviy ta’lim talablariga mos jihozlar bilan ta’minlandi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Farhod Umarov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ta’lim sohasi xodimlari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-31231]
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 4 milliard 300 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Qurilish ishlari “Gala Osiyo Soxtimon” xususiy korxonasi tomonidan bajarildi.
Yangi maktab binosida o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, qobiliyat va iqtidorini rivojlantirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA