Gidroponik tizimlar va ularning zamonaviy qishloq xo‘jaligida rivojlanish istiqbollari
Gulnoza Xikmatillayevna CHULIYEVA tayanch doktorant Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Navoiy, O‘zbekiston e-mail: gulnozachuliyeva27@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy qishloq xo‘jaligida gidroponik tizimlarning ahamiyati va ularning rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan. Xususan, xorijiy va mahalliy olimlarning gidroponika, tuproqsiz yetishtirish texnologiyalari hamda avtomatlashtirilgan agrotexnik tizimlarga doir ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Tadqiqotlarda gidroponik tizimlarning suv va ozuqa resurslaridan samarali foydalanishi, hosildorlikni oshirishi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli alohida ta’kidlangan. Shuningdek, ushbu texnologiyaning tuproq degradatsiyasi, suv tanqisligi va yer resurslarining cheklanishi kabi global muammolarni yumshatishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: gidroponika, adabiyotlar tahlili, tuproqsiz tizim, barqaror qishloq xo‘jaligi, IoT, avtomatlashtirish, hosildorlik.