“Microsoft” asoschisi Bill Geyts boyligining asosiy qismi keyingi 20 yil ichida Afrikada sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirishga sarflanishini ma’lum qildi. Bu haqda BBC yozdi.

– Sog‘liqni saqlash va ta’lim orqali insonlar hayoti yaxshilanib, Afrikadagi har bir mamlakat farovonlik sari qadam tashlashi kerak, – deydi 69 yoshli milliarder.

O‘tgan oy Bill 2045 yilga kelib 200 milliard dollarga yetishi kutilayotgan mablag‘ining 99 foizi “ehson” qilinishini aytgan.

Ma’lumki, Prezident Donald Trampning “Birinchi navbatda Amerika” siyosati doirasida Afrikaga yordam, jumladan OIV/OITS bilan kasallangan bemorlarni davolash dasturlari to‘xtatildi. Shu bois qit’a sog‘liqni saqlash sohasi kelajagi ko‘pchilikda xavotir uyg‘otyapti. Tadbirkor ta’kidlashicha, Geytsning Afrikadagi ko‘p yillik faoliyat tarixiga ega jamg‘armasi asosiy e’tiborni birlamchi tibbiy yordamni yaxshilashga qaratadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geyts boyligining 99 foizini xayriyaga sarflamoqchi