Germaniyaliklar shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqchi
Iqtisodiy ko‘rsatgich va tariflarni taqqoslash bo‘yicha yirik provayderlardan biri – “Verivox” buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 48 foizi shunday fikr bildirgan.
Natijalarga ko‘ra, nemislarning 29 foizi o‘lkada benzin narxi qimmatligi sabab mashinadan velosipedga, 24 foizi esa jamoat transportiga o‘tgan. Respondentlarning uchdan ikki qismi (67%) energiya narxlari ko‘tarilgani bois uni tejashga ko‘proq e’tibor qarata boshlaganini aytgan.

Eng ko‘p tarqalgan chora – ishlatilmayotgan elektr jihozlarini “kutish” rejimida qoldirmay, butunlay o‘chirib qo‘yishdir. So‘rovda qatnashganlarning 55 foizi isitish tizimini pasaytirganini, 47 foizi esa issiq suvni tejayotganini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, 27 foiz ishtirokchi energiyani tejamayotganini qayd etgan. Buning asosiy sababi sifatida ular avval ham tejamkor yashaganliklari va endilikda qo‘shimcha qisqartirishlar uchun imkoniyat ko‘rmayotganliklarini ta’kidlagan.
O‘.Alimov, O‘zA