Bu haqda SSV matbuot xizmati batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga “Globogate Recruiting GmbH” kompaniyasi tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi va xizmatlar kafolatlanadi:

– ishga bepul joylashtirish, xizmatlar va ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov olinmaydi;

– hujjatlar tarjimasi, tarjimalarni sertifikatlash va bepul autentifikatsiya qilish;

– A1 dan V2 gacha nemis tilidagi bepul kurslar (o‘qituvchilar uchun to‘lov, o‘quv materiallari va boshqalar);

– Toshkentdagi Gyote institutida nemis tilidan bepul imtihon;

– Ish haqi 2200 yevrodan boshlanadi;

– Germaniya hamshiralari bilan bir xil ish sharoitlari;

–  Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyagacha bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

– Germaniyada ish joyida bepul o‘qitish;

– Germaniyada professional tan olinishi uchun bepul imtihon topshirish;

– Germaniyada qo‘shimcha malaka oshirish imkoniyati;

– O‘zbekistonda va Germaniyada butun dastur davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash;

– Germaniyada vaqtinchalik bepul uy-joy va ish haqining bir qismini darhol berish.

“Globogate Recruiting GmbH” va ish beruvchi bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar dastur majburiyatlarini va ish beruvchilardan biri bilan kamida 3-5 yilga mehnat shartnomasini oladi.

Ma’lumot uchun, xorijda faoliyat olib borish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik malakali o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli klinikalariga umumiy hamshira hamda psixiatrik hamshira sifatida ishlash uchun taklif etilmoqda.

Ushbu dasturda qatnashuvchi nomzodlar 39 yoshdan oshmagan, davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida faoliyat yuritgan mutaxassislar qabul qilinmaydi.

Psixiatriya bo‘limida ishlash uchun nomzodlar kasalxona yoki klinikaning istalgan bo‘limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo‘yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar orasidan tanlanadi.

Bundan tashqari, nemis klinikalarida ishlash niyatidagi hamshiralarimiz tibbiyot kolleji yoki texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo‘lishi shart.

Qolaversa, bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati – eng muhim talablardan biri.

Toshkent, Andijon, Namangan, Qarshi va Angren shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etish talab etiladi (ikki bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar dasturda qatnasha oladi).

Nomzodlar nemis tili kurslarida ishtirok etayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi zarur.

Keyingi navbatda Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi shart.

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga Toshkent shahrida bepul turarjoy, texnik jihozlangan o‘quv xonasi beriladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
​Germaniyaga ishga borgan hamshiralar qancha maosh oladi?