Germaniyada karantin muddati yana uzaytiriladi
Germaniya federal kansleri mahkamasi mamlakatdagi lokdaun aprelda ham uzaytirilishini yoqlaydi.
Nemis ommaviy axborot vositalari bugun bo‘lib o‘tadigan kansler Angela Merkelning federal yerlar rahbarlari bilan uchrashuviga doir kelishuvi loyihasiga tayanib, shunday xabar bergan. Hujjatda lokdaunning yakuniy sanasi keltirilmagan, cheklovni yumshatish nazarda tutilayotgani ham qayd etilmagan.
Binobarin, mamlakatdagi ichki xizmat safarlari masalasini qayta ko‘rib chiqish va shu orqali o‘zaro muloqotni qisqartirish ko‘zda tutilgan.