Germaniya va Markaziy Osiyo: o‘ttiz yillik ishonch kelajak poydevoridir
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar ayni paytda ishonch va o‘zaro hurmat asosiga qurilgan. Berlin nafaqat iqtisodiy, balki mintaqa uchun asosiy siyosiy hamkor sifatida ham xizmat qilmoqda.
– Jamg‘armaning viloyatda 1994-yildan boshlangan tizimli faoliyati ishonchli hamkorlik qilish uchun mustahkam zamin yaratdi. Bugungi kunda bu hamkorlik yanada rivojlanmoqda. Davlat rahbarlarining muntazam tashrifi va Germaniya tashqi ishlar vaziri Gyunter Krixbaumning so‘nggi diplomatik safari Germaniya Markaziy Osiyoga uzoq muddatli va ustuvor sherik sifatida qarashini tasdiqlaydi. Forumimizning mana shunday salmoqli shaharda o‘tkazilishi esa katta sharafdir, – deydi Andre Algermissen.

Ekspert platformalarining maqsadi hozirgi siyosiy muloqotni aniq mazmun bilan singdirish, innovatsiyalarni joriy etish va qonun ustuvorligini tatbiq etish hamda keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
– Biz Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasida ko‘prik qurmoqchimiz. Germaniya tajribasi va markaziy osiyolik mutaxassislarning intellektual salohiyatini uyg‘unlashtirish zamonaviy chaqiriqlarga samarali javob berish imkonini beradi va Yevropa uchun qiziq bo‘lgan mintaqaviy integratsiyani mustahkamlaydi, – dedi vakolatxona rahbari.
Ekspertlar forumi davom etmoqda.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri.