"Yangi O‘zbekiston" universitetiga Germaniyaning Frayberg universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya universitetimizning Yangi Toshkent hududidagi zamonaviy binosi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Muzokaralarga ko‘ra, tibbiyot fakulteti 2026/2027 o‘quv yilida Yangi Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlab 50 nafar talaba qabul qilinadi.   

Ushbu tibbiyot fakulteti o‘z klinikasi va tadqiqot markaziga ham ega bo‘lib, kelgusida nemis professor-o‘qituvchilari tomonidan nafaqat darslar tashkil etilishi, balki davolash, jarrohlik va tadqiqot ishlari ham amalga oshirilishi belgilandi.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya standartlari asosida zamonaviy tibbiyot fakulteti ochiladi