Germaniya raqamli suverenitetni saqlab qolish uchun AQSH texnologiyasini rad etadi
Germaniya ichki razvedka xizmati (BfV) rasman Amerikaning “Palantir” korporatsiyasi xizmatidan voz kechib, Fransiyaning “ChapsVision” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “ArgonOS” platformasini qo‘llab-quvvatladi.
“ArgonOS” - ochiq kodli razvedka va xavfsiz idoraviy ma’lumot bazasini o‘z ichiga olgan hadsiz to‘plamni qayta ishlashga mo‘ljallangan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tahliliy tizim hisoblanadi.
OAV xabariga ko‘ra, strategik va siyosiy xususiyatga ega bu harakat Berlinning milliy xavfsizlik sohasida Amerika texnologiyasiga qaramligini kamaytirish niyatini anglatadi. GFRda Palantir mahsulotlari atrofida ancha vaqtdan beri davom etayotgan munozara kompaniyaning AQSH razvedka agentliklari bilan yaqin hamkorligi tufayli maxfiy ma’lumotlar ustidan nazoratni yo‘qotish xavfi paydo bo‘lgani bilan bog‘liq.
Germaniya kiber xavfsizlik mutaxassislari xorijiy korporatsiyalarning milliy ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyat qabul qilib bo‘lmaydgan holat ekanini ta’kidlagan. Ya’ni, raqamli suverenitet asosiy omilga aylanishi zarur. Amerika dasturiy ta’minoti rad etilishi Fridrix Mers hukumati tomonidan Tashqi razvedka xizmati (BND) vakolatini sezilarli darajada kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
S.Rahimov, O‘zA