Germaniya ishbilarmonlari O‘zbekistonda
Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashi hamraisi, “Knauf Gips KG” kompaniyasi ijrochi direktori janob M.Grundke boshchiligida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistondagi turli korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.
Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashi hamraisi, “Knauf Gips KG” kompaniyasi ijrochi direktori janob M.Grundke boshchiligida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistondagi turli korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.Ular bugun “Knauf Gips Buxoro” korxonasida yuqori sifatli gipskartonya’ni KNAUF-listlarini ishlab chiqarish liniyasiniishga tushirish jarayonida ishtirok etishdi.
Gipskarton listlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasining umumiy qiymati 16 million yevroni tashkil etdi,-deydi Buxoro viloyatining Kogon shahridagi “Knauf Gips Buxoro” bosh direktori Dmitriy Deripalko.-Endilikdaishlab chiqarish liniyasining quvvati 30 foizga oshadi. Kelgusida yiliga 32 million kv.m dan ortiq hajmda KNAUF-listlari ishlab chiqaramiz.
Keyingi bosqichda “Knauf” kompaniyasi O‘zbekistondagips asosida quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi ishlab chiqarish liniyasi “Knauf Gips Buxoro” joylashgan hududda quriladi. Ana shunda quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish bo‘yicha “Knauf” ning ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga oshadi.
Uchrashuv doirasida germaniyalik tadbirkorlar uchun O‘zbekistonning qurilish sanoatidagi investitsiyaviy imkoniyati va loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistonda300 dan ortiq qurilish materiallarini, marmar, granit, gabbro, kaolin, vollostanit, kvars qumi, vermikulit, ohakkabimahsulotlarning katta hajmdagi zahiralari majudligi, xom ashyo mahsulotlari va energiya tashuvchilar tannarxining arzonligi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun rag‘batlantiruvchi omil ekanligi ta’kidlandi.
-Keyingi yillarda nemis kompaniyalari O‘zbekistongako‘proq e’tibor qaratmoqda,- deydi Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashi hamraisi, “Knauf Gips KG” kompaniyasi ijrochi direktori janob M.Grundke.- Sababi , mamlakatingizda olib borilayotgan islohotlar, uningtez rivojlanishini ta’minlamoqda. Kelgusida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish orqali “Germaniya sifati”ga erishilsa, tashqi bozorda hamkorlaringiz soni yanada oshishi shubhasiz.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilanhududiy jihatdan chegaradosh bo‘lib, mamlakatlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi temiryo‘llar va logistika markazlari orqali qurilish materiallarining minimal sarf-harajatlar bilan tashilishiga imkon yaratmoqda.