Germaniya Britaniya yadro qurolini takomillashtirishga sarmoya kiritmoqchi
Germaniya Buyuk Britaniyaning dengiz uzra uchadigan “Trident” yadroviy tizimini moliyalashtirish niyatida. Rossiya tahdidi va AQSHning Yevropadagi harbiy ishtiroki qisqarishidan xavotir tufayli ikki davlat shu masala bo‘yicha faol muzokara olib boryapti.
“The Telegraph” manbalarga tayanib xabar berishicha, GFR o‘z zaxirasini yaratish o‘rniga Britaniya va Fransiyaning mavjud yadroviy kuchlari bilan yanada yaqin uyg‘unlashishni istayapti.
Maqsad keyingi avlod suv osti kemalarini qurish, raketa ishlab chiqarish va jangovar kallak uchun uranni boyitishga yordam berish. Yana bir yo‘nalish – Qirollik infratuzilmasini himoya qilish uchun an’anaviy qurol taqdim etish. Masalan, Shotlandiyaning Faslane shahridagi suv osti kemasi bazasida Germaniyaning “Patriot” raketalarini joylashtirish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, Germaniya Fransiya bilan ham yaqin yadroviy hamkorlik bo‘yicha muzokara olib boryapti. Parij yadroviy salohiyati AQSHdan mustaqilligi tufayli Yevropa davlatlarini o‘ziga jalb qiladi.
Taxminan 200 yadroviy kallakka ega London allaqachon NATOni himoya qilish uchun tiyib turuvchi kuchlarini taqdim etgan. Baribir, Buyuk Britaniya zaxirasini takomillashtirish AQSH bilan hamkorlikka bog‘liq, chunki “Trident” raketalari Amerikada ishlab chiqariladi va saqlanadi.
S.Rahimov, O‘zA