Germaniya bilan hamkorlikda hamşiralar tayyorlaş yölga qöyiladi
Migratsiya masalalariga bağişlangan videoselektorda Prezident tomonidan fuqarolarni xorijiy davlatlarga işga yuborişdan oldin ularga boriladigan mamlakat tilini örgatiş, zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga tayyorlaş hamda yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Ayni paytda mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaşga qaratilgan dastur amalga oşirilmoqda.
1-Marğilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Germaniyaning BSW – Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft taşkiloti bilan hamkorlikda «CareBridge» xalqaro loyihasini amalga oşirişga kirişildi. Uning doirasida öquvçilarning bilim va kasbiy salohiyatini oşiriş, dunyoqaraşini kengaytiriş hamda ularni kelajakdagi maqsadlari sari rağbatlantiriş maqsadida xalqaro tanişuv safari taşkil etildi.

Maxsus saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan 10 nafar öquvçi 2 nafar hamroh vakil bilan Germaniyaga yöl oldi.
Safar davomida iştirokçilar Germaniyaning Saksoniya federal yeridagi tibbiyot muassasalari, kasbiy taʼlim markazlari va hamşiralik yönalişidagi zamonaviy taʼlim jarayonlari bilan tanişadilar.

Şuningdek, nemis mutaxassislari bilan tajriba almaşiş, amaliy bilimlarini mustahkamlaş va xalqaro tajriba orttiriş imkoniyatiga ega böladilar.

Uşbu safar «Wirtschaftsförderung Sachsen» (WFS) taşkiloti tomonidan moliyalaştirilmoqda.
Muhammadjon Obidov, ÖzA