Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Ular klinik kechishi va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Butunjahon gepatit alyansining 2021 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, gepatit B va C virusi tufayli har yili dunyoda 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgak qurbonlaridan ko‘p ko‘rsatkichdir.

Yurtimizda esa kasallikning A, B, C turlari ko‘p uchraydi. Ushbu xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston virusli gepatit bo‘yicha endemik mamlakatlar toifasiga kiritilgan. 2018 yildan boshlab mamlakatimizda gepatit B va C skriningini tashkil etish va virusga qarshi terapiyadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

2022 yil 16 mayda qabul qilingan “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida 2030 yilgacha mamlakatimizda gepatitning C turini bartaraf etish va B turini kamaytirish maqsad qilingan.

Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi “O‘zbekistonda kuzgi gepatologiya maktabi” nomli ilmiy-amaliy konferensiyada ana shular haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda B, D, S virusli gepatitlar va ularning so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish va davolash, gepatologiya sohasidagi yetakchi mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida murakkab klinik holatlarni tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, konferensiya doirasida “Dunyoda va O‘zbekistonda virusli gepatitlarning B va C turlarini bartaraf etish dasturlari, muvaffaqiyat va muammolar, turli mamlakatlar tajribasi” mavzuida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

M.Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gepatit B va C virusi tufayli har yili dunyoda 1,4 million odam vafot etadi