Poytaxtimizdagi “LIDER” bilyard klubida Mudofaa, Ichki ishar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokrotura tizimlarida mehnat qilgan faxriylar o‘rtasida “Aralash piramida – 2025” musobaqasi o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qilish tizimlarida mehnat qilgan faxriylar o‘rtasidagi ushbu bilyard musobaqasida g‘olib va sovrindorlar ikki toifada – generallar va ofitserlar yo‘nalishida aniqlandi. 

[gallery-23150]

– Yurtimizning musaffo osmoni va xalqimizning tinchligi yo‘lida o‘zining fidoyi mehnatlari bilan beminnat va fidokorona xizmat qilgan faxriylarimizni ardoqlash, ularning sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash va sog‘lom turmush tarziga jalb etishda bu kabi musobaqalarning o‘rni beqiyosdir, – deydi O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasi raisi O‘tkir Komilov. – Barchaga ma’lumki, ko‘plab sport turlari kabi bilyard ham insondan jismoniy kuch, aniqlik va xotirjamlik talab etadi. Yurak, nafas yo‘llari va asab to‘qimalari uchun juda foydalidir. Muhimi, bu galgi musobaqa ham ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tdi. 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, generallar o‘rtasidagi bellashuvlarda General-mayor Rustam Iminjonov (DXX) birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, General-leytenant Yuriy Agzamov (Mudofa vazirligi) ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa General-mayor Mahmud O‘taganov (DXX) va General-polkovnik Qobil Berdiyev (Mudofa vazirligi) o‘rin oldi.

Ofitserlar yo‘nalishida podpolkovnik Mutal Safoyev (IIV) oltin, Polkovnik Alisher Isayev (IIV) kumush medali bilan taqdirlandi. IIV polkovniklari Erkin Xusnutdinov va Ikrom Mamadaliyevlar esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
General va ofitserlar bilyard bo‘yicha raqobatlashdi