O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tegishli vazirlik va idoralar, mutasaddi tashkilot vakillari qatnashgan mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi Tanzila Norboyeva ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasiga doir masalalar xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarida inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq va imkoniyatlarini ustuvor qadriyat sifatida himoyalashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli ishlar bajarilmoqda.

Xususan, keyingi uch yilda gender tenglikni ta’minlashning qonunchilik va institutsional negizini mustahkamlash yo‘lida muhim choralar ko‘rildi. Xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasiga doir qariyb 20 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, 2 ta qonun, Prezidentimizning qaror va farmonlari, O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahamasining 13 ta qarori qabul qilindi. Qonun hujjatlari ayollarning mehnat va tadbirkorlik huquqlariga oid standartlarga mosligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq barcha vazirlik va idoralarga gender tenglik masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi organlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, mehnat jamoalarida Maslahat kengashlari tashkil etildi.

Xotin-qizlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash jamiyatimizda tinchlik va iqtisodiy barqarorlikni saqlashning asosiy omillaridan biri. Shuni inobatga olgan holda "2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi" loyihasi tayyorlanib, endilikda ushbu hujjat davlat va nodavlat tashkilotlari bilan kelishilmoqda. Shunisi e’tiborliki, mazkur strategiyadagi barcha yo‘nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 iyundagi qo‘shma qarori bilan "Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi ta’qiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar" ro‘yxati bekor qilindi.

Erkak va ayolning teng huquqliligi xalq farovonligida, jamiyat tinchligi hamda iqtisodiy barqarorlikda muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan ayollarning bandligini ta’minlash, ularning intilish va qobiliyatini to‘laqonli yuzaga chiqara olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazidadir. Jumladan, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 6 mingdan ortiq faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha tizimli o‘quvlar tashkil etilmoqda.

16 nafar ayol Ichki ishlar vazirligi tizimida rahbarlik, 6 nafari hokimlik, bir nafari elchilik lavozimini egalladi. Bundan tashqari, 1500 nafarga yaqin xotin-qizlar turli darajadagi rahbarlik vazifalarida faoliyat yuritmoqda.

2019 yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, ayol deputatlar soni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining 32 foizini, ayol senatorlar esa Senat a’zolarining 25 foizini, mahalliy Kengashlarda esa xotin-qizlar ulushi 25,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston parlamenti jahondagi 190 ta parlament orasida 44-o‘rinni egalladi.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Xususan, 2018-2020 yillar mobaynida Xotin-qizlarni va oilalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, uy-joyga muhtoj 3 ming 878 nafar xotin-qizning boshlang‘ich badal pullari to‘lab berildi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yuzasidan ham yurtimizda salmoqli ishlar olib borilayotir. Xususan, kelgusi yil 1 iyundan boshlab 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar vitaminlar va mikronutriyentlar bilan, 10 yoshgacha bolalar parazitlarga qarshi dorilar bilan, homiladorlar, emizikli ayollar va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yod preparatlari bilan, 35 yoshgacha ayollar foliy kislotasi va ferrum bilan bepul ta’minlanishi belgilandi.

bugungi pandemiya davrida xotin-qizlar huquqlarini himoyalash, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida komissiya tomonidan "NNTlar birlashmasi" va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 10 aprelidan boshlab "Ishonch telefoni" xizmati yo‘lga qo‘yildi. Hozirga qadar mazkur telefon orqali 3 mingga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning 40 foizi zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ayol va qizlarga psixologik va yuridik yordam ko‘rsatildi.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

N.USMONOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglik qanday ta’minlanmoqda?