“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi – USAIDning huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida “Qonunlar ijrosini ta’minlash va byudjetni shakllantirishda gender yondashuvi” mavzuida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda gender tenglik borasidagi qonunchilik normalari va undagi o‘zgarishlar, bu borada olib borilayotgan islohotlar, xalqaro tajriba hamda amaliyot masalalari tahlil qilindi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan. Tadbirda mazkur qonunlarni hayotga tadbiq etish borasidagi samarali ishlar e’tirof etildi.  

Shuningdek, gender tenglik bo‘yicha institutsional choralar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan  Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi faoliyati ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Tadbirda USAIDning huquqiy islohotlar dasturi mutaxassislari tomonidan deputatlar uchun gender ta’limining dolzarbligi, gender yondashuvda ish olib borish saboqlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Xususan, qonunchilik ijrosi va ta’minotida gender tenglikka rioya qilmaslik natijasida qanday muammoli faktlar vujudga kelayotgani, ularni keltirib chiqaruvchi holatlar va sabablar interfaol uslubda ochib berildi. Mazkur muammolarni bartaraf etishda Qonunchilik palatasi deputatlari oldida turgan vazifalar muhokama qilinib, misol tariqasida gender tenglik sohasini tartibga soluvchi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining bugungi kundagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Qizg‘in baxs-munozaralar tarzida kechgan seminar-trening jarayonida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglik deputatlar muhokamasida