Birov bu yil Farg‘ona viloyati uchun paxta yili bo‘ldi, deydi. Shundaydir. Ammo dehqonchilik ilmga asoslangani iqlimning siylaganidan kam bo‘lmagan natija berdi aslida. Bugun 24 sentyabr. Bag‘dod tumanidagi Solijon Ahmedov nomidagi fermer xo‘jaligi yerlari kechagina har gektaridan 62 sentnerdan paxta hosili bergan edi. Bugun esa u g‘o‘zapoyadan tozalanib, maydonlar tekislandi. Endichi? – Xudo xohlasa ertaga, 25 sentyabrdan boshlab donni ekamiz, – deydi “Solijon Ahmedov” fermer xo‘jaligi rahbari Ismoiljon Ahmedov. –Har gektariga 300 kilogrammdan ammafost sepamiz, 200 kilodan urug‘ ekamiz.

Vaqtli ekilgani uchun, birinchidan, urug‘dan yutamiz, ikkinchidan, hosildorlik yuqori bo‘ladi. Kelasi yil 100 sentnerdan bug‘doy olamiz. Endi do‘ppini olib qo‘yib mulohaza qiling: qachon 24 sentyabrda gektaridan 62 sentnerdan paxta hosili terib olgach yerni korchovka qilib, tekislab, 25 sentyabrda yerga don urug‘i sochilgan? Qachon bir gektaridan o‘rtacha 60 sentnerdan oshirib hosil olingan? 

O‘zbekiston Prezidenti 2024 yildagi Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida kelgusi yili viloyatda xitoy uslubida paxta yetishtirishni joriy qilamiz, degan edilar. Prezident topshirig‘i ado etildi. Viloyatning barcha tumanlaridagi 40-50 foiz paxta maydoniga Xitoydan keltirilgan urug‘lik ekildi. Qo‘shqator uslubi joriy qilindi. Plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi. Bir so‘z bilan aytganda, innovatsiya, ilm kirib keldi. 

Mana natija. – Xitoydan keltirilgan navni 76 sxemada qo‘shqator qilib ekkan edik. Har gektaridan 60 sentnerdan oshirib paxta beryapti,– deydi fermer Ismoiljon Ahmedov. –Men 20 yildan buyon paxtaning ichidaman. Lekin biron marta bunday paxta hosilini ko‘rmaganman. Shunday navlarni bizga keltirib bergani uchun Prezidentimizdan minnatdormiz. Tan olish lozimki, yangilikka intilish kerak ekan. Ilgari qo‘lda terganimizda qiynalar edik. Terim mashinasi jonimizga oro kiritdi. Sifatli teradi, toza teradi. 

Xitoy terim mashinalaridan hozir har bir tumanda 15-20 tadan bor. Ular bir kunda paxta maydonlarida 50 tonnaga yetkazib paxta teryapti. Boshqarish qulay. Kabinada barcha ish raqamlashtirilgan. Harorat ham haydovchi istagiga qarab sovitiladi. – Men bu kombaynda birinchi marta ishlayapman. Kombaynni boshqarish oson, paxtani toza teradi, kuniga 50 tonnaga yetkazish mumkin. Men uchun bu kombayn ma’qul, – deydi mexanizator Bahromjon Toshboltayev. Paxta va donchilik fermer xo‘jaliklari daromadi yil sayin oshib borayapti. Endi shunday bo‘ldiki, ayrim fermerlar, masalan, Bag‘dod tumanida ular soni 20 ta, na bankdan kredit olmay, na ta’minotchiga qarzdor bo‘lmay paxtani o‘zining mablag‘iga yetishtirmoqda. Ismoiljon Ahmedov bosh fermer xo‘jaligi ularning biri. – Eski fermerlardanmiz. 65 gektarga paxta ekkandik. Avvalgi yillardagi daromadimiz, aka-ukalar va oiladagi mablag‘larimizni qo‘shib paxtani o‘zimiz yetishtirdik. Mana kutilganidan ham yaxshiroq natijaga 
erishdik. Prezidentimiz qarorlari bilan paxtani o‘z hisobidan yetishtirgan fermerlarga uning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha haq beriladi. Bu esa 1 kilogramm paxta 10-11 ming so‘mga to‘g‘ri keladi deganidir. Bu sharoitdan foydalanib paxta tolasini sotamiz, chigitini qayta ishlashga beramiz. 

Olingan paxta yog‘i, kunjara va sheluxani a’zolarimiz bilan bo‘lib olamiz. Endi, Ismoiljon aytganidek, zavodda paxta tolasini chigitidan ajratishgach, tolani birjada alohida sotadilar. O‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘zi istagan narxda o‘zi sotadi. Chigitni ham qayta ishlatib undan chiqqan mahsulotlarni o‘zi tasarruf qiladi. Bu fermerga berilgan qonuniy haq-huquq va Ismoiljon undan foydalanyapti. 

Endi ayting, Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi “Solijon Ahmedov” fermer xo‘jaligidagi bugunning voqeligi qachon bo‘lgan?  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WDt-w2bHZsQ" title="Gektaridan 60 sentner – bu oddiy xolga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gektaridan 60 sentner oddiy holga aylandi