G‘azoda oziq-ovqat tanqisligi kuchaymoqda
Ikki oy oldin Isroil G‘azoga o‘tiladigan barcha o‘tish joylarini yopib, sektorga oziq-ovqat, yonilg‘i, dori-darmon singari eng zarur mahsulot kirib kelishiga to‘siq qo‘ydi. Shu bilan birga harbiy hujumni ham tiklab, XAMAS bilan kelishilgan ikki oylik o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni buzdi.
BBC yozishicha, BMT Jahon oziq-ovqat dasturi va Falastinlik qochqinlar byurosi – “Unrwa” agentligi eng muhim zaxira tugaganini ma’lum qilgan. Hududga ommaviy ocharchilik yaqinlashayotgani, oddiy aholini qasddan och qoldirish urush jinoyati ekanidan ogohlantirgan. Qolaversa, qamalni bekor qilish maqsadida, jamoatchilik tomonidan Isroilga xalqaro bosim kuchaymoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA