G‘azoda inqiroz kuchaymoqda
Isroil tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga zid holda Falastin hududiga yetkazilayotgan yordam yo‘li to‘sib qo‘yilishidan o‘n kun o‘tgach, XAMAS G‘azoda yaqinlashib kelayotgan ocharchilikdan ogohlantirdi.
“Irna news” yozishicha, ko‘mak o‘tish joylari yopilishi va zaruriy ta’minot cheklanishi sektordagi ikki milliondan ziyod falastinlikning azob-uqubatini yanada kuchaytirgan. Natijada oziq-ovqat narxi ko‘tarilib, tibbiy buyumlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Harakat qamal qilish xalqaro gumanitar huquq va Jeneva konvensiyasi buzilishi ekanini ta’kidlab, yuzaga kelgan vaziyatni urush jinoyati va tinch aholiga qarshi jamoaviy jazo turi sifatida baholadi. Shuningdek, yordam oqimidan siyosiy vosita sifatida foydalanilishini qoralab, bu usul Falastin xalqining qonuniy huquq uchun kurashdagi qat’iyatini zaiflashtira olmasligini ta’kidladi.