G‘azoda BMTning 24 ob’ekti zarar ko‘rgan
Raketa zarbalari natijasida G‘azo sektorida BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi va boshqa tuzilmalarining kamida 24 ob’ekti zarar ko‘rgan, haqiqiy manzara bundan yomonroq bo‘lishi mumkin, deyiladi tashkilot saytida e’lon qilingan xabarda.
Ta’kidlanishicha, shu kungacha tashkilotning G‘azo sektorida halok bo‘lgan xodimlari soni 14 kishiga yetgan. Qurbonlar bundan ko‘p bo‘lishi ham mumkin.