– Jahon yetakchilari Falastinni saqlab qolishi shart, – dedi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) prezidenti Miryana Spolyarich.
Jenevadagi qarorgohida BBC muxbiriga intervyu berarkan, tashkilot rahbari G‘azodagi urush dahshati haqida shunday dedi:
– Insoniyat inqiroz tomon bormoqda. Ahvol juda yomonlashdi. Xunrezlikni ortiq kuzata olmaymiz. Isroilning harakati har qanday maqbul, qonuniy, axloqiy va insoniy me’yordan oshib ketdi. Vayronagarchilik va azob-uqubat hadsiz. Insoniy qadr-qimmatdan butunlay mahrum bo‘lgan xalqni ko‘rish vijdonimizni larzaga keltirmoqda.
Mulozim qo‘shimcha qilishicha, davlatlar urushni tugatish, falastinliklar azob-uqubatiga barham berish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak.
Musulmon Ziyo, O‘zA