Ma’lum bo‘lishicha, AQSH maxsus vakili Stiv Uitkof va Prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushner G‘azo bo‘yicha Misrdagi tinchlik muzokarasida ishtirok etadi. Ular bugun Qohiraga yetib borib, Isroil va HAMAS vakillari bilan uchrashadi.

Muloqot davomida asosiy e’tibor G‘azo sektorida harbiy harakatni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishga qaratiladi. Darvoqe, kechagi muzokaralar sezilarli natija bermagani aytilmoqda.

Tramp 7 oktyabr kuni “HAMASning dastlabki  hujumiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan bergan bayonotida Yaqin Sharqda tinchlikka erishish imkoni borligini ta’kidlagan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vaziyatga izoh bermagan bo‘lsa-da, mamlakat “muhim qarorlar ostonasida”ligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil o‘z yo‘lidan chekinmaydi. Ya’ni, “barcha garovdagilar ozod qilinishi, HAMAS boshqaruvi tugatilishi va sektordan kelayotgan tahdid bartaraf etilishi Isroilning asosiy vazifasi” sifatida qolaveradi.

Qohiradagi muzokaralar G‘azo muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarning davomidir.

D.Hakimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo bo‘yicha muzokarada AQSHdan kim qatnashadi?