Gazetxonlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari F. Qosimov, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev, tahririyatning bir guruh xodimlari, farg‘onalik ijodkorlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
[gallery-15109]
Ijodiy kechada so‘z olganlar gazeta va kitobni ko‘p mutolaa qilib, uning zavqini olgan inson hech qachon yutqazmasligi, gazeta xabar tarqatadigan oddiy qog‘oz emas, balki tarbiya maktabi ekanligini ta’kidladi.
Jamiyatimizning barcha sohalari, xususan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni xolisona yoritib borishda “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarining ham alohida o‘rni bor ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida faol gazetxonlar tahririyatning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA