Xar bir davr, jamiyatning o‘ziga xos va mos nashrlari bo‘ladi. Matbuot har vaqt jamiyat hayotida yetakchi o‘rin tutgan. Insonlar matbuot sahifalari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar, voqea va hodisalar, davlatlar o‘rtasidagi turli aloqalarni tahliliy maqolalar, sharhlar orqali muntazam kuzatib kelgan. Bir so‘z bilan aytganda matbuot davlat boshqaruvi bilan aholi o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajargan.

So‘ngi paytlarda dunyo shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. O‘zgarish va yangilanishlarni insonlar birini bilib biridan xabarsiz qolmoqda. Bunday paytda matbuotning o‘rni naqadar katta ekanini payqash qiyin emas. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Hozirda jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarni yoritishda matbuot oldingi saflarda bo‘lishi kerak degan tushuncha qay darajada o‘zini oqlamoqda.

Insonlarda dunyoqarash kengaydi. Olamga jar solgan texnika asri allaqachon hamma sohalar qatori matbuot tizimiga ham shiddat bilan kirib kelgan. Turli ijtimoiy tarmoqlar kishi ongini bir soniyada zabt etmoqda. O‘z navbatida matbuot, ayniqsa, noshirlik tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Insonlar yangiliklardan ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor xabardor bo‘lmoqda. Ilgari qanday bo‘lgan. Gazeta va jurnallar adadi ko‘p bo‘lish bilan birga xonadonlarga muntazam yetib borgan. O‘sha paytda aholi soni hozirdagiga nisbatan ancha kam edi. 

Bugungi kunda aholi soni keskin o‘smoqda. Katta kuchga ega bo‘lgan yosh avlod hayotga shaxdam qadamlar bilan kirib kelmoqda. O‘z-o‘zidan ma’lumki kitob va davriy nashrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortishi kerak edi. Aslida esa bunday emas. Biz kitob, gazeta o‘qishdan uzoqlashib qolyapmiz. Bunga texnika asrini sabab qilishimiz mumkin. Lekin masalaga bir yoqlama qaramasligimiz lozim. O‘quvchi doim o‘ziga kerakli bo‘lgan nashrni, albatta, izlaydi, topadi, o‘qiydi. 

Davriy nashrlarni varaqlab, ularning adadiga ko‘zim tushib ajablanaman. Ancha ilgari nashr etilgan gazetalar bilan hozirgilarini orasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu bugungi kundagi yangilik emas. Hozirda chop etilayotgan gazetalarning ayrimlarida tanqidiy materiallarni o‘qib qolishingiz mumkindir. Kichkina qiyoslash. Yosh bola bir ayb qilsa kattalar tanbeh beradi, to‘g‘ri yo‘lga soladi. Shundan so‘ng bolada boshqacha tushuncha paydo bo‘ladi. To‘g‘ri bilan noto‘g‘ri ishni farqlab kelajakda undan xulosa chiqarib ish tutadi. Matbuotdagi tanqid kelajakda mamlakat rivojiga hissa qo‘shishi bor gap. Ammo, bizda “Yuz amri shirin” qabilidagi fikr ustun turadi va shu bilan birga boshqa “nozik tushuncha” mavjud. Shuning uchun tanqid matbuot sahifalaridagi o‘z o‘rnini soxta maqtovlarga bo‘shatib berdi. Gazetalar bir-birini takrorlovchi maqolalar bilan band. Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan turli tanqidlarga kelsak o‘quvchi sayoz did bilan ko‘zdan kechiradi qo‘yadi. Hozirgi zamon o‘quvchisi esa, ancha ziyrak, bilimli, qiziquvchan.

Shu o‘rinda bir voqeani esga olgim keldi. Oliygohda o‘qib yurgan chog‘imda ustozlar gazeta nashr etish texnikasi haqida bilim berish jarayonida bir qiziqarli misolni aytgan edi. O‘sha paytda Rossiyada chop etiladigan “Pravda” va “Izvestiya” gazetalari poytaxt matbuot do‘konlarida tong sahardan boshlab sotuvga chiqishini aytgan edi. Tongda Chorsu bozoriga borgan xaridorga esa, hali o‘qilmagan o‘sha gazetaga go‘sht o‘rab berishini shu qadar ta’sirli qilib tasvirlab bergani hali ham yodimda. 

Bir kuni ayrim hujjatlarni izlab uydagi mo‘jazgina kutubxonaga kirdim. Shu bahona turli nashrlarni ko‘zdan ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. “Fan va turmush”, “Saodat”, “Mushtum” nomli jurnallar va bir qancha nashrlarni kuzatib, axtarayotgan hujjatlar ham yoddan chiqib ketdi. Butun vujudim bilan o‘sha davrga sayohat qildim.  

Onam bir umr dalada ishchi bo‘lib mehnat qilgan. Dehqonning qo‘liga oladigan maoshi sariq chaqa bo‘lgan. “Oylik maoshim kam chiqibdi, brigadirdan nega kam desam, jurnalga, gazetaga bosib qolibdi” degan gapni yilda bir eshitardik va uyimizga o‘sha paytda besh nomdagi gazeta va uch nomdagi jurnal muntazam kelardi. Yana bir gap, mahallamizdagi pochta tizimi aniq ishlardi. Aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, o‘sha paytda istaymizmi yo‘qmi gazeta va jurnal har bir xonadonga kirib borgan. 

Hozirgi kunda nashr etilayotgan gazetalarning ayrimlari, misol uchun, “Yangi O‘zbekiston” – 44891, “Pravda vostoka” – 17588, “Xalq so‘zi” – 18433, “Narodnoye slova” – 4134, “Ishonch” – 35087, “Hurriyat” – 4000, “Ovozi tojik” – 4250, “Ma’rifat” – 6740, “Nurlы jol” – 4213, “O‘zbekiston ovozi” – 3557, “Jadid” – (lot) 11905, (kiril) 5870, shuningdek, Toshkent viloyatining “Toshkent haqiqati” – 5500, Sirdaryo viloyatining “Yangi Sirdaryo” – 1000, Jizzax viloyatining “Jizzax haqiqati” – 13235, Namangan viloyatining “Namangan haqiqati” – 10572 nusxada chop etilmoqda. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. 

Hozirda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan nashrlarning elektron ko‘rinishi ham bor, albatta. Bugungi kunda 36 milliondan ziyod aholisi bo‘lgan millat uchun bu ko‘rsatgichlar kam emasmikan degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bir paytlar hamma sevib mutolaa qilgan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi salkam 850 mingga yaqin nusxada chop etilgan edi. Gazeta davrning eng dolzarb masalalarini, muammolarini sahifalarida joylagan. Davlat tilini ulug‘lashga bag‘ishlangan, paxta masalasiga oid, atrof sofligi, oiladagi nohaqliklar, mazmunsiz Afg‘on urushi, Orol fojiasi, hayvonot, o‘simlik dunyosi muammolari, yana bir qator davrning og‘riqli masalalari haqidagi tanqidiy va tahliliy maqolalarni gazetxon kutgan. Bugun bularni hammasi tarixga aylandi...

Bugun jamiyatda bu kabi muammolar yo‘qmi degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Balkim... Respublikamizda turli nomdagi davlat va tarmoq gazetalar nashr etiladi. Shuningdek, har bir viloyat va tuman gazetalari ham o‘z oldidagi vazifasini baholi qudrat bajarib kelmoqda. Ammo, so‘ngi yillarda barcha davriy nashrlarda, desak to‘g‘ri bo‘ladi obuna keskin kamaydi. Buning sababi yuqoridagi bildirilgan ayrim mulohazalarda ham bo‘lishi mumkin. 

Prezidentimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisida: “Hozirgi vaqtda matbuot nashrlarining obunasi bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligini bilamiz. 2022-yil 27-iyundagi Prezident qarorida byudjet tashkilotlariga kutubxona fondi xarajatlari orqali davriy bosma nashrlar, ularning elektron shakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna bo‘lish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi, deb ko‘rsatilgan. Demak, masalaning aniq yechimi bor. Faqat buni amalga oshirishimiz kerak” – degan fikrni ilgari surdi. 

Yurt egasi bosh qo‘shgan tizim, albatta, rivojlanmoqda. Endi muammolar bartaraf etilishiga ishonch paydo bo‘ldi. Nashrlar safiga “Jadid” nomi bilan yangi gazeta qo‘shildi. Bu gazeta adabiyot, madaniyat, ma’rifat, siyosat bobidagi yangi qarashlar bilan o‘z o‘quvchisini topadi, albatta. 

Yosh avlod tarbiyasi uchun nashrlarning o‘rni katta. Chunki matbuot o‘z nomi bilan to‘rtinchi hokimiyat sanaladi. Qalami keskir jurnalistlar safida yosh qalam ahlining o‘rni ham salohiyati ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Maydonga o‘ktam nigohlar bilan kirib kelayotgan yoshlarga matbuot doim madad bo‘lgan. Mamlakat doim yoshlarga ishongan. Buni oqlash ularning zimmasidagi muqaddas burch bo‘lmog‘i lozim.

Asror Sulaymonov,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gazeta o‘qimay qo‘ydik