Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qishning izg‘irinli kunlarida odamlarning salomatligi, mehnat samaradorligi ko‘p jihatdan uylar, ish joylari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yil 27-iyundagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014-2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish uchun korxona tasarrufidagi 12 ming 247 kilometr gaz tarmoqlari, 6 mingdan ortiq gaz taqsimlovchi uskunalarning sozligi ko‘zdan kechirilib, zarur joylarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, 15,2 kilometr gaz tarmog‘ida rekonstruksiya ishlari bajarilib, 8 kilometri kapital ta’mirlandi. 300 kilometrga yaqin masofadagi yerosti gaz quvurlarining holati tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tabiiy gaz yetib bormagan chekka hududlardagi xonadonlarni bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz bilan ta’minlash rejasi ishlab chiqilib, shu kunga qadar 14 ming 62 xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tumanlardagi gaz tarmoqlari idoralarida 39 gaz ballonlarini saqlash va tarqatish omborxonasi, yettita servis markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Kegeyli tumani gaz tarmoqlari idorasi ham qish mavsumi tadorigini ko‘rib, 11 ming 500 dan ziyod xonadon va 181 korxona hamda tashkilotga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib bermoqda.

– Qishning qirovli kunlarida gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida yerosti va yer usti gaz quvurlari to‘liq tekshiruvdan o‘tkazildi, – deydi tuman gaz tarmoqlari idorasi rahbari Seypatdin Nizamov. – Mavjud 382 gaz taqsimlovchi uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Tabiiy gaz yetib bormagan xonadonlarga Qozonketgan, Xalqobod va Kegeyli shoxobchalari orqali uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minotida uzilish bo‘lmaydi