Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda filologiya fanlari doktori, professor, tarjima nazariyasi fanining asoschisi G‘aybulla Salomov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab “G‘aybulla Salomov va o‘zbek tarjima maktabi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni universitet prorektori Raima Shirinova ochib berdi. Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Yoqubjon Ergashev universitet miqyosida G‘aybulla Salomovning o‘rni, murabbiylik faoliyati, olim boshqargan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi faoliyati, olimning ilm-fanga qo‘shgan hissasi va boshqalar haqida to‘xtaldi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, ko‘pchilik adabiyotshunoslar o‘ziga ustoz deb bilgan G‘aybulla Salomov 1932 yili  Xatirchi tumanida tavallud topgan. Milliy so‘z san’ati ixlosmandlari ustozni tarjimashunos olim, publitsist sifatida yorqin xotiralar bilan tilga oladi.  

G‘aybulla Salomov Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatib, “Fan va turmush” jurnalida bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari, yurtimizning yetakchi nashriyotlarida mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilgan edi. Domla uzoq yillar mobaynida  Toshkent Davlat universiteti – hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida – hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mazkur ma’rifiy dargohning professori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.  

G‘aybulla Salomovning ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat masalalariga bag‘ishlangan edi. G‘.Salomov “Maqol va idiomalar tarjimasi” (1961), “Til va tarjima” (1966), “Tarjima nazariyasiga kirish” (1978), “Do‘stlik ko‘priklari” (1970, N.Komilov bilan hamkorlikda), “Adabiy an’ana va badiiy tarjima” (1980), “Tarjima nazariyasi asoslari” (1983) kabi kitoblarning muallifi.  

Anjumanda olimning shogirdlaridan – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Tarjima kengashi raisi Zuhriddin Isomiddinov, tarjimon Hurram Rahimov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Odiljon Safarov, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan Xayrulla Hamidov va boshqalar G‘aybulla Salomovning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, tarjima nazariyasi faniga asos solgani, qomusimizning tamal toshini qo‘yganlardan biri ekani, ma’naviyatga, publitsistika rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruza qildi.  

Shuningdek, B.Osmonov nomidagi Jalolobod davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muyassar Mirzohidova zoom platformasi orqali Qirg‘izistonda tarjima muammolari, yutuqlari haqida gapirib, G‘aybulla Salomovning tarjimashunoslikka oid darsliklariga talab yuqoriligini aytdi. Avstraliya milliy universiteti dotsenti Dilnoza Ubaydullayeva, Tojikiston iqtisodiyot universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mutriba Ismoilova tarjimashunoslikning xorijdagi muammo va yutuqlari haqida ingliz tilida ma’ruza qildi.  

Anjumanda ishtirokchilar “O‘zbek tarjima maktabining shakllanishida G‘aybulla Salomov ta’limoti”, “O‘zbek badiiy tarjimasi jahon tarjima adabiyoti kontekstida”, “Tarjimada til va tafakkurning milliy o‘ziga xosliklarini aks ettirish”, “Badiiy tarjimaning lingvistik jihatlari”, “Tarjima nazariyasi va amaliyotini o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlarida ma’ruzalar qildi.  

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘aybulla Salomov va o‘zbek tarjima maktabi