Gavi jahon chempionatlari tarixiga kirdi
Unga qadar ushbu noyob natijani atigi besh nafar futbolchi qayd eta olgan edi.
Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kabo-Verde guruhiga qarshi bahsning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Opta tahlilchilari ushbu voqelik ortidan juda qiziqarli statistik faktni qayd etishdi: Gavi futbol tarixida 21 yoshga to‘lmasdan turib, ikkita jahon chempionatida maydonga tushishga ulgurgan oltinchi futbolchiga aylandi.
Unga qadar ushbu noyob natijani atigi besh nafar futbolchi qayd eta olgan edi: Pele, Norman Uaytsayd, Rigober Song, Salomon Olembe va Samuel Eto’O.
Ispaniya milliy terma jamoasi JCh-2026 dagi ilk uchrashuvini Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘tkazmoqda.