Gavayining “jahannami” tobora kuchaymoqda
Kilauea vulqoni sabab Gavayida eng yuqori xavf ogohlantiruvi e’lon qilindi.
Kilauea vulqoni sabab Gavayida eng yuqori xavf ogohlantiruvi e’lon qilindi.AQSH Geologiya xizmati(USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda vulqon kullaridan iborat bulutlar 3,700 metr balandlikkako‘tarilgan. Kullarning chiqib ketayotgani sababvulqondagiyoriqlar kattalashmoqda. Buistalgan vaqtda vulqon yana portlashi mumkin, degani.
Avvalroq Hawaii News Now portali Kilaueavulqonining g‘arbiy tarafidagi faollik kuchaygani, o‘nlab yoriqlardan 70 metr balandlikka otilib chiqayotgan lava oqimi aholi manzilgohi – Leilan Esteytsgachaga yetib kelgani haqida xabar bergandi. Ma’lum bo‘lishichao‘nlabxonadonlar lava ostida qolgan.Hududda 10 ming aholi doimiy yashash joyidan ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kunlarda Gavayi orollarida kuzatilgan seysmik faollik tufayli sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri – Kilauea uyg‘ongan edi.