Garvard universiteti ma’muriyati Germaniya madaniyat va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha davlat vaziri Volfram Vaymerning Berlinda ushbu oliygohning kampusini ochish haqidagi taklifini rad etdi, deb yozdi “Spiegel” nashri.

May oyida Vaymer AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan mazkur universitetga xorijlik talabalarni qabul qilishga qo‘ygan taqiqidan so‘ng Germaniya Garvard talabalari uchun kampus tashkil qilishi mumkinligini aytgandi. 

– Qo‘shma Shtatlardan tashqarida kampus ochish hozirda Garvard uchun imkoniyat emas, -deyiladi universitet bergan izohda.

Ma’lumki, joriy yilning 15 aprel kuni AQSH Ta’lim vazirligi Garvard universitetining 2,2 milliard dollarlik grantlarini to‘xtatayotganini e’lon qildi. 

AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem 22 may kuni universitet xorijlik talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum bo‘lishini va hozirda oliygohda tahsil olayotgan barcha xorijlik talabalar boshqa universitetlarga o‘tishlari kerakligini ma’lum qilgandi. 

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garvard universiteti Germaniyada o‘z kampusini ochmaydi