Garvard universiteti AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati talabini qondirish orqali Oq uy bilan kelishmovchilikni hal qilish uchun 500 million dollar ajratishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Nyu-York Tayms” ma’lum qildi.

– Garvard federal hukumatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lashni istamadi, muzokarachilar aniq moliyaviy shartni muhokama qilmoqda, – deb yozgan gazeta.

Garvardский universitet готов заплатить $ 500 млн для урегулироvaния  конфликта с администрацией Trampа

Tramp ma’muriyati va Garvard o‘rtasida qachon kelishuvga erishilishi hozircha noma’lum. Binobarin, universitet har qanday bitim moliya qisqarishi va chet ellik talabalar qabuli taqiqlanishi munosabati bilan hukumatga qarshi qo‘zg‘atilgan federal da’vo bilan bog‘lanishini talab qilishi kutilyapti.

Norway

O‘tgan hafta AQSH ma’muriyati Garvard va boshqa qator oliy o‘quv yurtlari Kolumbiya universiteti bilan ilgari tuzilgan shartnomaga o‘xshab, hukumat tomonidan moliyalashtirish evaziga salmoqli miqdorda jarima to‘lashi lozimligini bildirdi.

Oq uy avvalroq universitetlardan yahudiy talabalar himoya qilinishini talab qilib, ayrim ta’lim maskanlarida Falastin yoqlangan namoyishlar uyushtirilishi asnosida moliyalashtirish qisqarishi bilan tahdid qilgan edi.
Aprel oyida Ta’lim vazirligi hukumatning kadrlar va ta’lim siyosati bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqidagi talabini ochiqchasiga rad etgach, Garvardga ajratiladigan 2,2 milliard dollarlik hukumat mablag‘i qisqartirilishini e’lon qildi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garvard Oq uy bilan bahs tufayli 500 million dollar to‘laydi