Garri LEDBETTER: USAID va O‘zbekiston hamkorligidan mamnunmiz
Mahallaning jamiyatimizda tutgan o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohotlar bo‘yicha dasturi rahbari Garri Ledbetter mazkur institutning ahamiyati to‘g‘risida, jumladan, shunday dedi:
– Mahalla nafaqat oilalarni himoya qilish, balki yangi avlod taraqqiyotini ta’minlash ishiga ham salmoqli hissa qo‘shadi, ayollar va yoshlarni band qilishga, oilaviy sharoitlarni yaxshilashga ko‘maklashadi.
USAID turli dasturlar orqali O‘zbekiston hukumatini doim qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yaxshi samara beryapti. Ushbu vazirlikning tashkil etilishi mahalla institutiga qaratilgan yuksak e’tibordan dalolatdir.
Mahalla fuqarolik jamiyatining muhim instituti hisoblanadi. Biz ayollar va aholining eng zaif qatlami uchun beg‘araz huquqiy yordam dasturini ishlab chiqqanmiz. Ayni toifa vakillari mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Biz O‘zbekiston aholisiga yordam berishdan mamnunmiz.
O‘zA