Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni nishonlanmoqda. Mamlakatning Bosh qomusi sobiq ittifoq hududida birinchi bo‘lib, 1992 yil 8 dekabrda Oliy kengash o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Joriy yil 1 maydan boshlab respublikamizda yangi tahrirdagi Konstitutsiya kuchga kiritildi.

Yangi O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tamoyili inson huquqi va erkinligiga, milliy umuminsoniy qadriyatlarga, respublika boshqaruvi shakliga ega suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, ochiq va odil fuqarolik jamiyati qurish g‘oyasiga sodiqlikkaa asoslangan. Hujjatda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida kafolatlangan.

Turli mamlakatlarda Konstitutsiyani qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq mavjud ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarda har bir xalq, davlatning tarixi, qadriyati va qarashlari aks etgan.

Yevropadagi ilk konstitutsiya

1791 yil 3 mayda qabul qilingan Polsha Konstitutsiyasiga irlandiyalik davlat arbobi Edmund Berk “eng ajoyib  ne’mat” deya ta’rif bergan. 1788 yil oktyabr oyida chaqirilgan Oliy Seym tomonidan qabul qilingan bu davlat hujjati dunyodagi ikkinchi kodlashtirilgan milliy konstitutsiya, Yevropadagi ilk konstitutsiya hisoblanadi. Afsuski, ko‘hna qit’ada amaliyotga tatbiq etilgan ilk qomus atigi o‘n to‘qqiz oy mobaynida yuridik kuchini saqlab turdi. Zero, o‘shanda Polsha maxlum muddat Yevropa xaritasidan o‘chirilgan.

Dunyodagi eng yirik konstitutsiya

1950 yil kuchga kirgan Hindiston Konstitutsiyasi Buyuk Britaniya konstitutsiyaviy-huquqiy an’anasini AQSH, Irlandiya, Kanada, Avstraliya, SSSR, Germaniyadagi Veymar Respublikasi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar konstitutsiyalari ayrim bandlari bilan uyg‘unlashtirgan dunyodagi eng katta Bosh qomusdir. O‘tgan davr mobaynida mazkur hujjatga 500 ga yaqin o‘zgarish va qo‘shimcha kiritilgan.

Hind Konstitutsiyasiga tuzatish kiritishning juda oddiy tartibi mavjud. Shu bois, qariyb 70 yil mobaynida, mamlakatning yuzlab qoidalariga o‘zgarish kiritilgan.

Qolaversa, mazkur hujjat shu qadar murakkab yozilganki,  aksariyat hindlar hamon ko‘plab qoidalarni tushunmaydi. Konstitutsiya normalari matnda shunchalik tartibsiz yozilganidan, kerakli bandni topish, deyarli, imkonsiz.

Buyuk Britaniyada yozma Konstitutsiya mavjud emas

Buyuk Britaniyada Konstitutsiya yo‘q, Qomus vazifasini qadimgi  qonunlar va  ma’lum konstitutsiyaviy bitimlar bajaradi. Konstitutsiya bo‘lmasa-da, qirollikda qonun o‘ta hurmat qilinadi. Bunday qonunlarning eng qadimgisi ritsarlik davrida  qabul qilingan XVII Huquq to‘g‘risidagi Bill va to‘rt asr oldin tuzilgan Buyuk ozodlik xartiyasi hisoblanadi.

Dunyodagi eng kichik konstitutsiya

AQSH Konstitutsiyasi 1787 yil 17 sentyabr kuni Filadelfiyada, Konstitutsiyaviy  konventda ma’qullangan, so‘ngra o‘shanda mavjud bo‘lgan barcha o‘n uch shtat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Dunyodagi eng kichik va eng mustahkam qomus hisoblanadigan AQSH Konstitutsiyasi muqaddima, 7 modda va 27 tuzatishdan iborat bo‘lib, hozirgacha amalda. Hujjat jami 4400 so‘zdan iborat.

Tarixchilar ta’kidlashicha, 30 kishi tomonidan 100 ish kuni davomida yozilgan bu Qomus o‘z davrida  eng nufuzli demrakratik va inqilobiy  hujjat edi. AQSH Konstitutsiya bu qadar uzoq yashashining siri universal konstitutsiyaviy qadriyatlarni jamlagan mumtoz va mavhum normalarida.

Liviyaning asosiy  qonuni – Qur’on

Liviyada Qur’onni mamlakatning asosiy qonuni, ya’ni Konstitutsiyasi sifatida e’lon qilgan qonun mavjud. Umuman, qator musulmon davlatlarida Qur’on asosiy qonun hisoblanadi. Eng asosiysi, musulmonlar hatti-harakati Islom dini manfaatiga mos kelishi kerak, huquqqa oid boshqa qoidalar ko‘pincha rasmiyatchilik uchun joriy qilinadi. Bunday huquqiy tizim Iroq, Eron, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Sudanda amal qiladi.

Aziza Alimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘aroyib konstitutsiyalar