Garovsiz 200 million so‘m kredit va 300 million so‘mlik grant Bunday imkoniyat kimlar uchun? (+video)
Tasavvur qiling: siz yangi biznes-g‘oya ustida bosh qotiryapsiz, lekin qaysi soha foydaliroq ekanini bilmayapsiz. Yoki tayyor g‘oyangiz bor-u, bankdan kredit olish uchun garovga qo‘yishga mol-mulkingiz yetarli emas. Bunday vaziyatda nima qilgan bo‘lardingiz?
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan yangi qaror aynan tadbirkorlar duch kelayotgan shu kabi muammolarga chek qo‘yadi. Eng muhimi, halol va samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit va yuqori ko‘rsatkichga erishgan biznes vakillariga 300 million so‘mgacha grant ajratilishi belgilandi.
Suhbatimiz davomida kredit olish sharti hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan turli yengilliklar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Biznes uchun muhim savollarga javob olish uchun lavhani “YouTube” kanalimiz orqali tomosha qiling!
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA