Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi, 19,4 mingdan ortiq yozuvlarga o‘zgartishlar kiritildi, qariyb 46,3 mingta yozuv garov majburiyatlari bajarilganligi munosabati bilan garov reyestridan chiqarildi.

– Bugungi kunda barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar, shuningdek, boshqa xo‘jalik subyektlari hamda jismoniy shaxslar garov reyestri xizmatidan foydalanmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Garov reyestri» davlat unitar korxonasi direktori Sherzod Xoliyorov. – Bu mamlakatimizning moliya-bank tizimini xalqaro standartlarga mos infratuzilma bilan ta’minlash hamda kreditorlar manfaatlarini yanada ishonchli himoyalashda qo‘l kelmoqda. Garov reyestridan real vaqt rejimida internet axborot tarmog‘i orqali foydalanish imkoniyati ta’minlanmoqda. Bu tizim Xalqaro moliya korporatsiyasining garov reyestri bo‘yicha xalqaro ekspertlari tomonidan yuqori baholandi.

Hozir garov munosabatlariga binolar va inshootlarnigina emas, intellektual mulk, inventar va xomashyolar, debitor qarzlar, qishloq xo‘jaligining kutilayotgan hosili va boshqa mulklarni ham jalb etish mumkin.

Kreditorlar tomonidan moliyalashtirish amaliyotlarini shunday ta’minotlar ostida amalga oshirish va tavakkalchilikni kamaytirishda garov reyestri qo‘l keladi.

Garov reyestrini majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qo‘yilgan mulklar to‘g‘risidagi elektron e’lonlar taxtasi deyish ham mumkin. Bunday e’lonlar taxtasidan har bir kreditor yoki boshqa istalgan shaxs www.garov.uz sayti orqali bahramand bo‘ladi. Bu ma’lum bir mol-mulkning garovdaligi bo‘yicha va garovdagi mol-mulk hisobiga o‘z talablarining qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar to‘g‘risida ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi.

Garov reyestri kreditorlarning kredit tavakkalchiligini pasaytirishga hamda tadbirkorlik subyektlarini mulk garovi ostida kreditlash imkoniyati kengayishiga xizmat qiladi. Garov reyestridagi axborotni qarzdor – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro‘yxatdan o‘tkazish raqami yoxud ayrim mol-mulklarning ro‘yxat belgilari bo‘yicha izlash imkoniyati ta’minlangan. Foydalanuvchilarga mol-mulk to‘g‘risida garov reyestriga yozuv kiritilganligi haqida elektron shaklda, zarur hollarda qog‘ozda axborot taqdim etilishi mumkin.

Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi, 19,4 mingdan ortiq yozuvlarga o‘zgartishlar kiritildi, qariyb 46,3 mingta yozuv garov majburiyatlari bajarilganligi munosabati bilan garov reyestridan chiqarildi. Foydalanuvchilarga yozuvlar bo‘yicha 1,9 mingdan ziyod ko‘chirma taqdim etildi. Natijada garov reyestriga ta’minot sifatida qabul qilingan 550 mingdan ortiq mulk obyekti bo‘yicha kreditorlar huquqlari to‘g‘risida yozuvlar kiritildi.

Tabiiyki, 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan «Garov reyestri to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirganidan buyon o‘tgan qisqa vaqtda erishilgan ushbu natijalar yurtimizda garov reyestrining ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda va mazkur qonunning naqadar o‘z vaqtida va to‘g‘ri qabul qilinganligidan dalolat bermoqda.

Garov reyestrining kreditor uchun qanday afzalliklari bor? Yuqorida keltirilgan qonunning 9-moddasida kreditorlarning undiruvni garov obyektiga qaratish bo‘yicha huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga bo‘lgan imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, kreditor garov reyestri bazasidan ta’minot sifatida qabul qilinayotgan mol-mulk (aktiv, huquq) garov sifatida foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni qisqa muddatda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Misol uchun, bir shaxs o‘z mulkini bir necha majburiyat ta’minoti uchun o‘rnatilgan tartibda ko‘p marta garovga qo‘yishi mumkin. Kreditorlar garov reyestridan qarzdorning mulklari boshqa majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilganligini mustaqil aniqlash imkoniga ega bo‘ladi. Chunki har bir kreditor garovga qabul qilgan mol-mulklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Garov reyestri to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida keltirilgan imtiyozli huquqga ega bo‘lish maqsadida garov reyestriga kiritib boradi.

Garov reyestrining joriy etilishi kreditlar hajmining sezilarli darajada o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki garov mulki bank uchun kredit tavakkalchiligini pasaytirsa, qarz oluvchi uchun qaramog‘idagi mol-mulkini garovga qo‘yish evaziga qulay va maksimal darajada tez kredit olishga imkon beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garov reyestri – kreditorlarning kredit tavakkalchiligini pasaytirishga xizmat qiladi