Garet Beyl yozda “Real”dan ketishi mumkin
Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl yozda jamoadan ketishi mumkin.
Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl yozda jamoadan ketishi mumkin. Marca nashrida yozilishicha, klub rahbariyati Vinisius Junior va Lukas Vaskesga raqobatda yutqazayotgani uchun uni transferga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Futbolchining oʻzi oʻtgan mavsum oraligʻida jamoadan ketishni aytganida uni qolishga koʻndirishgandi. Eslatib oʻtamiz, Beyl “Real”ga 2013 yilda “Tottenxem”dan oʻtgandi. Transfer narxi 101 million yevro boʻlgan Beyl oʻsha paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi boʻlgandi.