Gandbolchilarimiz Ozarbayjonda
Shu kunlarda Boku shahridagi “AHF Arena” sport majmuasida gandbol bo‘yicha Geydar Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan ayollar jamoalari o‘rtasida xalqaro turnir musobaqalari davom etmoqda.
Ozarbayjonning “Azeryo‘l”, “Qorabog‘”, “Kur”, Qozog‘istonning “Astana”, “Alatau Arulari” va O‘zbekiston ayollar terma jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan turnirning ilk uchrashuvlari yakunlandi.
Dastlabki tur uchrashuvlarida “Kur” - “Astana” va “Qorabog‘” - O‘zbekiston ayollar terma jamoalari kuch sinashdi.

“Qorabog‘” jamoasi va O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi dastlabki o‘yinning ilk bo‘limida gandbolchilarimiz ustunlikka erishdi. Ikkinchi bo‘limda ozarbayjonlik qizlarning intilishi samara berdi. Teng kurashlar, ko‘p hollarda o‘zbekistonlik gandbolchilarning peshqadamligi ostida o‘tgan o‘yinning oxirgi soniyasida “Qorabog‘” jamoasi 1 ochkoga oldinga o‘tib oldi va bu so‘nggi soniyalargacha o‘zgarishsiz qoldi. 27:28 –ozarbayjonliklar foydasiga.

“Kur” (Ozarbayjon) va “Astana” (Qozog‘iston) jamoalari qarama-qarshiligidagi bahsda 36:26 hisobida qozog‘istonliklar g‘oliblikni tantana qildi.
Musobaqalar 1 sentyabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA