Gandbolçi yoşlarimiz Pokistonda jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraşadi
Ertaga, 4-noyabr kuni Pokistonning Faysalobod şahrida gandbol böyiça erkaklar jamoalari örtasida "IHF Trophy Men — Zone III (Asia)" musobaqasi boşlanadi.
Bugun, 3-noyabr kuni 2027-yilgi Osiyo çempionatiga yöllanmalar taqdim etadigan mazkur nufuzli musobaqada iştirok etadigan Özbekiston terma jamoasi aʼzolari Pokistonga jönab ketdi.
Osiyo qitʼasi III-zonasidan joy olgan 6 ta mamlakat terma jamoalari iştirokida ötadigan çempionatda mamlakatimiz gandbolçilari Qirğiziston, Qozoğiston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston jamoalari bilan kuç sinaşadi.
“IHF Trophy Men — Zone III (Asia)” musobaqasiga taşlangan qurʼa natijasiga köra, ertaga Özbekiston U18 terma jamoasi yigitlari ilk öyinda Tojikiston bilan, Özbekiston U20 terma jamoasi esa Pokiston jamoasi bilan kuç sinaşadi.
Aylana tizimda ötadigan öyinlar 9-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA