Fransiyaning Parij shahrida yakunlangan “Paris World Games” turnirida muvaffaqiyatga erishgan 18 yoshli gandbolchi qizlarimiz ortidan Italiyaning Teramo shahrida o‘tgan “52th Interamnia World Cup” turnirida gandbolchi yigitlarimiz ham g‘alaba bayrog‘ini baland ko‘tardi.

1973 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi gandbolchilari “52th Interamnia World Cup” turnirining oltin medallariga ega chiqdi.  

To‘rtta qit’aning 28 ta davlatidan 9 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan 120 ta qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari ishtirokida tashkil etilgan “52th Interamnia World Cup” musobaqasining U-18 toifasi o‘g‘il bolalar birinchiligida qatnashgan gandbolchilarimiz 10 ta o‘yinda maydonga tushib, barchasida g‘alabaga erishdi.  

Hamyurtlarimiz guruh bosqichida Litvaning “Garliava” jamoasini 31:17, “Fot Vengriyaning Kezisuli” gandbolchilarini 33:21 hisobida mag‘lub etdi.  

Shuningdek, “Pallamano Vasto” (Italiya, 40:26),  “Cauz H.” (Fransiya, 31:19), “Main Nidda” (Germaniya, 29:13), “Anemasse H.” (Fransiya, 38:22), TV 1893 “Neuhausen” (Germaniya, 30:22), “Juno H. Aventure” (Fransiya, 31:32) jamoalaridan ustun keldi.  

Yarim finalda TV 1893 “Neuhausen”ni dog‘da qoldirgan gandbolchi yigitlarimiz finalda Fransiyaning“Juno Handball Aventure” jamoasini 26:24 hisobida taslim etib, o‘zbek gandboli tarixining yangi sahifasini ochdi.  

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbolchi yigitlarimiz Italiyada o‘tgan “52th Interamnia World Cup” turniri g‘olibi