Bugun, 12 mart kuni Kosovoning Prishtina shahrida gandbol bo‘yicha U-19 o‘smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining qit’alararo bosqichi bahslari boshlanadi.

U-19 o‘smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta tashkil etiladigan jahon kubogining qit’alararo bosqichida Afrika, Yevropa, Osiyo, Okeaniya, Janubiy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Amerika va Qarib havzasi bosqichlarida zafar quchgan bittadan jamoa ishtirok etmoqda.

U-19 o‘smirlar birinchiligida Nigeriya (Afrika), Nikaragua (Janubiy va Markaziy Amerika), AQSH (Shimoliy Amerika va Qarib havzasi), Yangi Kaledoniya (Okeaniya), O‘zbekiston (Osiyo), Kosovo (Yevropa) davlatlari bahslarga kirishish ostonasida turgan bo‘lsa, U-21 yoshlar birinchiligida Nikaragua (Janubiy va Markaziy Amerika), Ruanda (Afrika), AQSH (Shimoliy Amerika va Qarib havzasi), Yangi Kaledoniya (Okeaniya), O‘zbekiston (Osiyo), Bolgariya (Yevropa) jamoalari g‘oliblikka da’vogarlik qiladi.

Qur’aga ko‘ra, bu jamoalar ikki guruhga taqsimlangan bo‘lib, o‘z guruhida 1 va 2-o‘rinni egallaganlar yarim finalga yo‘l oladi. Uchinchi o‘rin sohiblari 5-o‘rin uchun maydonga tushadi.

O‘zbekiston U-19 o‘smirlar terma jamoasi “B” guruhida Nikaragua va AQSH jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan vaziyatda U-21 yoshlar birinchiligida hamyurtlarimiz "A" guruhida Nikaragua va Ruanda vakillari bilan bir guruhda joylashishdi.

Jahon kubogining qit’alararo bosqichidagi bugungi ilk o‘yinda qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-19 o‘smirlar terma jamoasi ham, O‘zbekiston U-21 yoshlar termasi ham nikaragualik tengdoshlari bilan ro‘baro‘ keladi.

Ertaga o‘tadigan navbatdagi o‘yinlar davri O‘zbekiston terma jamoalari uchun dam olish kuni sifatida belgilangan. 14 mart kungi bahslarda O‘zbekiston U-19 jamoasi AQSH jamoasiga, U-21 yoshlar terma jamoamiz Ruandaga qarshi maydonga tushadi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, 15-16 mart kunlari yarim final, 3-o‘rin, 5-6-o‘rinlar va final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Aytish lozim, O‘zbekiston terma jamoalari joriy yil yanvar oyining ilk kunlarida Hindistonning Lakxnau shahrida U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan Osiyo qit’asi bosqichida g‘oliblikka erishib, qit’alararo jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Prishtina shahrida boshlangan bahslar U-21 yoshlar jamoalari uchun jahon chempionati yo‘lidagi muhim musobaqa sanaladi. Unda g‘oliblikka erishgan jamoa joriy yilning 18-29 iyun kunlari Polshada yigirma bir yoshgacha bo‘lgan gandbol jamoalari o‘rtasida uyushtiriladigan XXV jahon chempionatining o‘ttiz ikkinchi ishtirokchisiga aylanadi. Jahon kubogi qit’alararo bosqichi g‘olibi mundialning Portugaliya, Xorvatiya va Jazoir jamoalari joylashgan D-guruhini to‘ldiradi. U19 yosh toifasida g‘oliblikka erishgan jamoa esa 2025 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: terma jamoalarimiz jahon kubogining qit’alararo bosqichida qatnashmoqda