Shu kunlarda Qozog‘istonning Almati shahrida gandbol bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, aylana o‘yin shaklda o‘tayotgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Osiyoning 5 ta jamoasi orasida hozircha 2-o‘rinni egallab turibdi. 

Vakillarimiz musobaqa dasturiga binoan ilk uchrashuvni 18 mart kuni Eron jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz o‘yinda 44:35 hisobida raqiblarning qo‘li baland keldi. 

20 mart kuni Hindiston jamoasini 44:41 hamda 21 martda Suriya jamoasini 37:28 hisoblarida mag‘lub etgan jamoamiz hozirda Qozog‘iston bilan 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Qozog‘iston gandbolchilari xuddi vakillarimiz singari o‘tkazilgan 3 ta o‘yinning 1 tasida Erondan mag‘lubiyatga uchragan, 2 tasida g‘alaba qozongan. 

Uchrashuvlar mobaynida biror marta ham ochko yo‘qotmagan Eron gandbolchi qizlari peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari 2-o‘rinni band etishgan. Chempionat davomida hali biror marta ham muvaffaqiyatga erishmagan Suriya jamoasi so‘nggi qatordan joy olgan.  

Bugun, 25 mart kuni Suriya – Hindiston va O‘zbekiston – Qozog‘iston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Aynan bugun kechki payt o‘tadigan O‘zbekiston-Qozog‘iston “dueli” qit’a chempionatining 2-o‘rin sohibi nomiga oydinlik kiritadi.  

T.Ro‘ziyev,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: Qit’a chempionatida vakillarimiz ikkinchi o‘ringa da’vogar