O‘zbekiston gandbol federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida 2025 yilgi rejalar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining hududiy federatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston terma jamoalari trenerlari va mutaxassislar ishtirok etgan yig‘ilishda mamlakatimizda gandbolni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

Xususan, Xalqaro gandbol federatsiyasi loyihasi asosida “Sayohatchi murabbiy” dasturi bo‘yicha chet elik yetuk mutaxassisni ishga taklif qilish, xalqaro musobaqalarda qatnashadigan turli yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalar tarkibini shakllantirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Universiada”, “Barkamol avlod”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Maktab ligasi” singari sport o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi. 

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi Quvondiq Sanaqulov murabbiy-mutaxassislarga joriy yil Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyalari tizimidagi musobaqalarda qatnashish, shuningdek, gandbol rivojlangan mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan vazifalarni berdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoiljon Matxalikov, erkaklar milliy terma jamoasi katta treneri Ulug‘bek Ikromov va O‘zbekiston qizlar terma jamoasi treneri Larisa Popovalarning hisobotlari, joriy yilgi rejalari tinglandi.

Yurtimiz gandbolchilarining yutuq va muammolari, trenerlar va hakamlar malakasini oshirish borasida yechimini kutayotgan masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Taqqoslash uchun aytish lozimki, 2021 yili turli yosh toifasida 26 ta O‘zbekiston chempionati, birinchiliklari va kubogi o‘tkazilgan bo‘lsa, 2024 yilda ushbu raqam 30 tani tashkil qildi. Mamlakatimiz jamoalari 2021 yilda jami 7 ta jahon, Osiyo chempionatlari va nufuzli xalqaro turnirlarda qatnashgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 12 taga yetdi. Bu, yurtimizda gandbolni rivojlantirish ishlari tizimli olib borilayotganidan dalolat.

Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora va tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: 2025 yilgi rejalar ko‘rib chiqildi