Gana yulduzi katta ehtimol bilan mundialni o'tkazib yuboradi
"Tottenxem" va Gana terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Kudus so‘nggi bor 4-yanvar kuni maydonga tushgan edi. Futbolchi tez orada safga qaytishi kutilayotgan bir paytda, u kutilmaganda yangi jarohat oldi. Bu haqda The Sun nashri o‘z sahifalarida ma’lum qildi.
Kudus bilan aynan nima sodir bo‘lgani hozircha ochiqlanmayapti, biroq futbolchiga jarrohlik amaliyoti talab etilishi mumkin.
Qayd etilishicha, 25 yoshli Muhammad Kudus mavsumning qolgan qismini va hatto jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi. Gana terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Panama, Angliya va Xorvatiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.